Toshkent yana sport gimnastikasi bo‘yicha Challenge seriyasining Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi

16 Sentabr 2026
Press-relizlar
Toshkent yana sport gimnastikasi bo‘yicha Challenge seriyasining Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha Challenge seriyasining Jahon kubogi bosqichi ikkinchi bor o‘tkaziladi, unda dunyoning 19 mamlakatidan 70 nafar sportchi ishtirok etadi: Armaniston, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Vyetnam, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Islandiya, Qozog‘iston, Qatar, Latviya, Mongoliya, Suriya, Turkiya, O‘zbekiston, Xorvatiya, Chexiya, Shveytsariya.

Jahon kubogi bosqichining o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi «Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-449-son qarorini amalga oshirishning navbatdagi amaliy natijasi bo‘ldi.

Sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli O‘zbekiston gimnastika bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun yetakchi maydonlardan biri sifatidagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

Mamlakat erkaklar terma jamoasi sharafini Asadbek Azamov, Xumoyun Islomov, Mansur Raxmatov, Axrorxon Temirxonov, Ozotilla Abdurasulov va Alisher Boysarov himoya qiladi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida sport gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina, shuningdek Soliha Tursunboyeva, Dildora Aripova va Yusufova Shohinabonu ishtirok etadi.

Jahon kubogi bosqichining bosh tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi va «O‘zavtosanoat» AJ hisoblanadi.

Ulashish