Toshkent jahon yulduzlari ishtirokida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichini o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida 2026-yil 10–12-aprel kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi (World Gymnastics) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogi bosqichida 39 ta mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Jumladan, jahon miqyosidagi badiiy gimnastika yulduzlari: Olimpiya chempioni Darya Varfolomeev (Germaniya), Mariya Santush, Rita Pereyra, Beatris Gonsalvesh (Portugaliya), Emeshe Dyulai (Vengriya), Katrin Kallio (Finlyandiya), Sakura Tsuruta, Yui Matsusaka, Riko Tanaka (Yaponiya), Van Szylu (XXR). Guruh mashqlarida Xitoy terma jamoasining Olimpiya chempionlari, shuningdek Yaponiya, Bolgariya, Italiya jamoalari ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasini Osiyo chempionlari, Jahon kubogi bosqichlari va xalqaro turnirlar g‘oliblari, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va finalchilari, terma jamoa yetakchilari: Takhmina Ikromova, Lola Djuraeva hamda guruh mashqlaridagi jamoa: Mumtozabonu, Iskhakzoda, Amaliya Mamedova, Evelina Atalyants, Yasmina Mkrtycheva, Yuliya Valevataya va Samira Akhmedova taqdim etadi.
Nufuzli xalqaro turnirning bosh tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi, «O‘zavtosanoat» AJ.
Musobaqalar dasturi, ishtirokchilar tarkibi va tadbirlar jadvali bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tashkilotchilarning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.